Foto: Getty Images
AQSH sobiq rahbari va prezidentlikka nomzod Donald Tramp agar noyabrdagi saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, nomzodini boshqa qo‘ymasligini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Full Measure teleko‘rsatuvida boshlovchisi siyosatchiga tegishli savol bilan murojaat qilgan. Trampdan 2028 yilda prezidentlikka qaytishga yana bir bor urinib ko‘rishi ehtimoli so‘ralgan.
"Yo‘q. Menimcha, hammasi shu bilan tugaydi. Men (yana nomzod sifatida) o‘zimni umuman ko‘rmayapman. Umid qilamanki, biz juda muvaffaqiyatli chiqamiz", degan 78 yoshli Tramp.
AQSH qonuniga ko‘ra, odam ikki muddatdan ortiq prezidentlik lavozimini egallashi mumkin emas. Shu uchun Tramp g‘alaba qozongan taqdirda ham 2028 yilda yana o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi.
Avvalroq Tramp demokrat Kamala Harris bilan yana teledebat o‘tkazishdan bosh tortgandi. U qarorini quyidagicha izohlagan:
"U faqat bitta debat olib bordi. Men ikki marta o‘tkazdim. Yana birini o‘tkazishga juda kech. Ovozlar berildi", dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, raqobatchisi Fox telekanalida buni amalga oshirish imkoniyatiga ega edi.
"Bilasizmi, Fox bizni taklif qildi va men kutdim, kutdim, lekin ular rad etishdi. Ular rad etishdi. Endi u saylov oldidan to‘g‘ridan to‘g‘ri CNN telekanalida debat o‘tkazishni xohlaydi, chunki u yutqazadi", dedi nomzod. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi