08:34 / 26.09.2024
27

AQSH Yaqin Sharqda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini ishlab chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini ishlab chiqmoqda
Foto: AP
AQSH va boshqa bir qancha davlatlar Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha diplomatik tashabbus ustida ishlamoqda. Bu haqda Axios portali manbalarga tayanib xabar berdi.

Janglardagi pauza yirik mojaroning oldini olish, kengroq diplomatik kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va Isroil — Livan chegarasining har ikki tomonidagi ko‘chirilgan tinch aholini uylariga qaytarishga qaratilgani aytiladi.

Portalga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “Hizbulloh”ning yangi tashabbusga rozi bo‘lishi HAMAS harakatini ham G‘azo sektorida sulh bitimi tuzishga undashi mumkinligiga umid qilmoqda.

Agar HAMAS 'Hizbulloh' diplomatik yo‘l bilan yechim topish imkoniyatiga rozi bo‘layotganini ko‘rsa, bu uning yetakchisi Yahyo Sinvarni ham kelishuvga erishishga undashi mumkin”, deydi manbalar.

Aniqlik kiritilishicha, AQSH allaqachon Fransiya, Isroil, Livan va boshqa bir qancha arab davlatlari bilan tashabbusni muhokama qilgan.

Isroil bosh vaziri Netanyaxu ushbu tashabbusni muhokama qilishga rozi bo‘ldi”, dedi Isroil rasmiysi Axios agentligiga.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Yaqin Sharqda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini ishlab chiqmoqda