Foto: Reuters
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livanning “Hizbulloh” harakati BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq Isroil chegarasidan shimolga chekinmaguncha, unga hujum qilishdan to‘xtamasligini ma’lum qildi.
Netanyaxu “Hizbulloh”ni “zamonaviy dunyoda o‘xshashi yo‘q juda kuchli terrorchi tashkilot” deb atadi va ushbu tashkilot “Al-Qoida”dan tashqari boshqa terroristik guruhlardan ko‘ra ko‘proq amerikalik va fransuzlarni o‘ldirganini eslatdi.
“Isroil ham Livandagi 'Hizbulloh'ni yengish uchun javobgardir. Fuqarolarimiz o‘z uylariga xavfsiz qaytmaguncha tinchlanmaymiz. Chegaramizda 2023 yil 7 oktyabrda sodir bo‘lgan qirg‘inga o‘xshash yana bir qirg‘in sodir etishi mumkin bo‘lgan terrorchilar armiyasi bo‘lmaydi”, dedi Netanyaxu.
U butun dunyoga 7 oktyabrdan keyingi kun “Hizbulloh” har kuni Isroil shimolini o‘qqa tuta boshlagani, o‘n minglab aholini evakuatsiya qilishga majbur qilgani va shimoliy Isroildagi shaharlarni xarobaga aylantirganini eslatdi.
“'Hizbulloh' 18 yil davomida BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyutsiyasini bajarishdan bosh tortib kelmoqda, bu rezolyutsiyaga ko‘ra, o‘z kuchlarini chegaramizdan olib chiqib ketish majburiyatini oladi. Buning o‘rniga 'Hizbulloh' chegaramiz yonida joylashdi. Aholi punktlarimizga kirib borish uchun tunnellar qurdi va minglab raketalar uchirdi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Netanyaxu, shuningdek, Isroil ushbu tahdidni bartaraf etishga va isroilliklarni uylariga xavfsiz qaytishlariga imkon berishga to‘liq huquqi borligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”