Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi

1 daqiqa o'qish190
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
Kuvayt / Foto: Getty Images
Global xavfsizlik bo‘yicha Gallup tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Kuvayt, Singapur, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Tojikiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlar sanaladi. Bu davlatlar aholisining ko‘pchiligi hatto kunning kech soatlarida ham o‘zini xavfsiz his qilishini aytgan.

24 sentyabr kuni Gallup tadqiqot tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Global xavfsizlik hisobotida aytilishicha, Kuvayt 2023 yilda jamoat xavfsizligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, so‘rovda ishtirok etganlarning 99 foizi tunda shahar yoki mahallada yolg‘iz yurganda o‘zini xavfsiz his qilishini aytgan. Bu ko‘rsatkich Singapurda 94 foiz, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Tojikistonda 92 foizga teng.
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
Shu bilan birga, Ekvador dunyodagi eng xavfli mamlakat sanalmoqda. 2023 yilda ekvadorliklarning atigi 27 foizi tunda yolg‘iz sayr qilishda o‘zini xavfsiz his qilishini aytgan. Qayd qilinishicha, Ekvador Covid-19 pandemiyasidan keyin xavfsizlik inqiroziga tushib qolgan va global kokain savdosi markaziga aylangan. Oqibatda, qurolli to‘qnashuvlar va qotilliklar keskin oshgan.

Reytingga ko‘ra, Afrikaning Botsvana, Liberiya va JAR kabi davlatlar ham eng xavfli mamlakatlar qatorida sanalmoqda.

Reytingda O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.

Gallup tadqiqotiga ko‘ra, 2023 yilda butun dunyo bo‘ylab katta yoshlilarning 70 foizi kech soatlarda sayr qilishda o‘zini xavfsiz his qilgan. Bu ko‘rsatkich pasaygani ta’kidlanmoqda – 2020 yilda 72 foiz edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?