07:18 / 09.10.2024
79

Kamala Xarris AQSHning asosiy dushmani haqida gapirdi

Kamala Xarris AQSHning asosiy dushmani haqida gapirdi
Foto: Reuters.
AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Kamala Xarris Eronni Vashingtonning asosiy raqiblaridan biri sifatida atadi. Siyosatchining aytishicha, uning asosiy vazifalaridan biri Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish bo‘ladi.

«Eronning qo‘lida amerikaliklar qoni bor. Oxirgi hujumda Isroilga qarata 200 ballistik raketa otilganiga guvoh bo‘ldik. Maqsadimiz Eron hech qachon yadroviy davlatga aylanish imkoniga ega bo‘lmasligini ta’minlash – bu mening ustuvor vazifalarimdan biri», dedi Xarris.

Eron yadro quroli yaratgan taqdirda AQSHning ehtimoliy harbiy harakatlari haqida so‘ralganda, Xarris aniq javob bermadi, lekin Tehron tahdidiga qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilni Eron yadroviy inshootlariga zarba bermaslikka chaqirib, bu mintaqaviy vaziyat yanada kuchayishiga olib kelishini ta’kidlagan edi.

7 oktyabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bilan telefon orqali muloqot qildi va u Eronning mintaqadagi «beqarorlashtiruvchi harakatlari»ni muhokama qildi. Ostin AQSH Tel-Avivning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini yana bir bor ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamala Xarris AQSHning asosiy dushmani haqida gapirdi