Foto: AFP
Isroil armiyasi Livan janubida o‘t ochishni to‘xtatish uchun “Hizbulloh” guruhiga shart qo‘ydi. Bu haqda arab nashrlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Isroil otashkesim sharti sifatida “Hizbulloh” harakati qurollarini tashlab, kuchlarini ikki davlat chegarasidan shimolga olib chiqishni talab qilmoqda.
"Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish evaziga “Hizbulloh”dan qurollarini tashlab, Litani daryosining shimoliga chekinishni talab etmoqda", deydi fransuz manbalari.
Hozir Livanda 15 mingdan ortiq isroillik askar bo‘lishi mumkin. “Hizbulloh” birinchi marta Livandagi o‘t ochishni to‘xtatish sa’y-harakatlarini ochiq-oydin qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Biz o‘t ochishni to‘xtatishga erishish maqsadida (parlament raisi Nabih) Berri rahbarligidagi siyosiy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘t ochishni to‘xtatish ishonchli tarzda amalga oshirilgach va diplomatiya o‘z natijasini berganidan so‘ng, barcha boshqa tafsilotlar muhokama qilinib, qarorlar hamjihatlikda qabul qilinadi", dedi bosh kotib o‘rinbosari Naim Qosim.
Isroil, Livan janubi, O‘t ochishni to‘xtatish, Hizbulloh, Shart qo‘ydi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?