09:46 / 15.10.2024
44

Sadir Japarov: “G‘arb Rossiya bilan hamkorlik mavzusida ko‘rsatma bermasligi kerak”

Sadir Japarov: “G‘arb Rossiya bilan hamkorlik mavzusida ko‘rsatma bermasligi kerak”
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov G‘arb davlatlari Rossiya bilan hamkorlik haqida gap ketganda, Moskvaning hamkorlariga hech qanday ko‘rsatma bermaslik kerakligini aytdi.

Bu, albatta, noto‘g‘ri. NATO yoki Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan Yevropa davlatlari bor, ular ham Rossiya bilan hamkorlik qiladi-ku”, deydi Japarov.

Uning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari Rossiya yoki MDH bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risida “gapirmasligi, ko‘rsatma bermasligi yoki so‘ramasligi” kerak.

MDH sobiq SSSR a’zosi, biz hamma bilan hamkorlik qilishimiz kerak”, dedi Japarov.

Avvalroq Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov VI Qirg‘iziston—Rossiya iqtisodiy forumida respublika Rossiya bilan yillik savdo aylanmasini 3 milliard dollardan 5 milliard dollargacha oshirishni kutayotganini ma’lum qilgan edi. U, shuningdek, Rossiya Qirg‘izistonning strategik hamkori ekanini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston prezidenti, Sadir Japarov, G‘arb davlatlari, Rossiya bilan hamkorlik

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov: “G‘arb Rossiya bilan hamkorlik mavzusida ko‘rsatma bermasligi kerak”
ePN