
Foto: “Regnum.ru”
Nikaragua rahbari Daniel Ortega Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan jang qilish istagi tufayli “Gitlerning oʻgʻli” deb atadi.
“Zelenskiy yana bir natsist, NATOni Rossiya Federatsiyasi bilan urushga tortmoqchi boʻlgan yana bir “Gitlerning oʻgʻli”, dedi u Canal6 mahalliy telekanalida efirga uzatilgan nutqida.
Orteganing soʻzlariga koʻra, “Gitler ham SSSRga hujum qilishda muvaffaqiyat qozonaman deb oʻylagan, biroq u sovet xalqining bardoshini past baholagan”.
“Bu Gitlerning oʻlimini oldindan belgilab qoʻydi, chunki rus xalqi qahramon va jasurdir, ular qahramonlarcha qarshilik koʻrsatdilar, oʻzlarini himoya qildilar va natsistlarni magʻlub etguncha kurashdilar”, dedi Nikaragua siyosatchisi.
Sentyabr oyida Ortega “Rossiyaning Ukrainada fashizm ustidan gʻalaba qozonishiga” ishonch bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar