
Foto: Turkiya, Malatya shahri
Turkiyaning Malatya shahrida 16 oktyabr kuni 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya hukumatining Tabiiy ofatlarning oldini olish va boshqarish boshqarmasi xabar berdi.
Seysmologlarning ma'lumotlariga koʻra, zilzila mahalliy vaqt bilan 10:46 da qayd etilgan. Er silkinish oʻchogʻi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila Diyarbakir va Elazig kabi qoʻshni provintsiyalarda ham sezilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya tegishli idoralar joylarda tekshiruv ishlari boshlanganini ma'lum qildi. Jabrlanganlar va vayronagarchilik haqida hozircha ma'lumot yoʻq. Zilzila tufayli Malatyadagi maktablarda darslar bir kunga bekor qilingan.
Takroriy silkinishlar ehtimoli sababli aholiga hushyorlikni saqlash va mahalliy hokimiyat koʻrsatmalariga rioya qilish tavsiya etilgan.
Turkiyada 2023 yil 6 fevral kuni Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar toʻqqiz soat farq bilan sodir boʻlgandi. Turkiya hukumati zilzilalarni “asr falokati” deb atagan. Zilzila oqibatida 53 mingdan ortiq odam halok boʻlgan, 107 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar