
Foto: NYSO
Chechenistonda noma’lum shaxslar 24 oktyabr kuni Rossiya gvardiyasining harbiy kolonnasini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hodisa oqibatida “Rosgvardiya” harbiy xizmatchisi Dmitriy Vereshchenko halok bo‘lgan, yana bir harbiy jarohatlangan. Hujum taxminan tush paytida Grozniy tumanidagi Petropavlovsk qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Xodimlar Churt-tog‘i (Petropavlovsk) va Berkart-Yurt o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida harakatlangan. Keyin noma’lum kishilar ularga qarata o‘t ochgan. Hujum qilganlar haligacha topilmagan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, unga yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum qilganlarni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar