18:46 / 25.10.2024
10

Ekspert: “Izmirdagi yoriqlar 7,2 balli zilzilani keltirib chiqarishi mumkin”

Ekspert: “Izmirdagi yoriqlar 7,2 balli zilzilani keltirib chiqarishi mumkin”
Foto: Sabah
Turkiyaning Izmir provinsiyasidagi yoriqlar 7,2 magnitudali zilzilaga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda geologiya mutaxassisi Sezbilir ogohlantirdi.

Ekspertning ta’kidlashicha, provinsiyada 4 ta yoriq liniyalari mavjud bo‘lib ular orasida Tuzla yorig‘i shahar markaziga yaqin joylashgani tufayli xavflidir. Sezbilir, shuningdek, quruqlikda 17 ta potensial faol yoriqlar va to‘rtta suvosti yoriqlari mavjudligini ko‘rsatdi. Bu jami, taxminan, 40 ta xavfli hududni tashkil etadi.

Foto: Sabah
Mutaxassis ehtimoliy zilzila ko‘plab insonlar va moddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

"3-4 yildan buyon kuzatib kelayotgan natijalarimiz bor. Ulardan biri Tuzla yorig‘i. U taxminan 2 ming yilda bir zilzila keltirib chiqaradi. So‘nggi zilzila 2 ming yil oldin sodir bo‘lgan", dedi Sezbilir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert: “Izmirdagi yoriqlar 7,2 balli zilzilani keltirib chiqarishi mumkin”