06:00 / 07.11.2024
24

Bayden va Harris Trampga qo‘ng‘iroq qilishga va demokratlarning mag‘lubiyatini tan olishga tayyorlanmoqda

Bayden va Harris Trampga qo‘ng‘iroq qilishga va demokratlarning mag‘lubiyatini tan olishga tayyorlanmoqda
Foto: Getty Images
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris va amaldagi davlat rahbari Jo Bayden respublikachi Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, demokratlarning prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatini rasman tan olishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Harrisning saylovoldi kampaniyasi va Oq uyga yaqin manbalarga tayanib NBC xabar berdi.

Harrisning ikki yordamchisiga ko‘ra, u Trampga qo‘ng‘iroq qilib, keyin omma oldida nutq so‘zlamoqchi. Hozirda Harrisning xalqqa murojaatiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, qo‘ng‘iroq va nutqning aniq vaqti hali aniqlanmagan.

Prezident Bayden Trampga qo‘ng‘iroq qilib tabriklashni va saylov natijalari haqida ommaviy nutq so‘zlashni rejalashtirmoqda”, dedi Oq uy rasmiysi.

Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden 2020 yilda, Baydenning o‘zi g‘alaba qozonganida Tramp qilmagan barcha qadamlarni: yangi prezidentni tabriklash, uni Oq uyga taklif qilish va inauguratsiya marosimida qatnashishni rejalashtirgan.

5 noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovlarida g‘olib deb topildi: natijalarni bashorat qilgan bir qator yetakchi axborot manbalariga ko‘ra, u barcha asosiy shtatlarda g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng Tramp Floridadagi tarafdorlariga murojaat qilib, g‘alabasini e’lon qilgan.

Men Amerika xalqiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlar tomondan qirq yettinchi va qirq beshinchi prezident etib saylanganim favqulodda sharafdir”, dedi u.

Siyosatchi prognoziga ko‘ra, u jami 315 dan ortiq ovozni qo‘lga kiritgan. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz zarur. Tramp saylovchilarga uning boshqaruvi AQSH tarixida “oltin davr” bo‘lishini va’da qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden va Harris Trampga qo‘ng‘iroq qilishga va demokratlarning mag‘lubiyatini tan olishga tayyorlanmoqda