
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi rahbar xodimlar maoshlarini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda u o‘z Instagram’ida aytib o‘tdi.
Checheniston Respublikasi rahbari, hukumat raisi, deputatlar, vazirlar, ularning o‘rinbosarlari va boshqa idoralarning ularga teng bo‘lgan xodimlari bundan buyon oyiga avvalgidan 10 foizga kam maosh oladi.
«G‘arb davlatlari va AQSh sanksiyalar orqali Rossiyaning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir o‘tkazmoqchi. Bu bilan hech narsaga erisha olishmaydi. Biz Rossiya rahbariyati pozisiyasini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Men bosh vazirga boshqa xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishni topshirdim», — deya qayd etdi Qodirov.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar