Foto: AP Photo
NATO sobiq qo‘mondoni Jeyms Stavridis urush Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning 20 foizini bosib olishi bilan yakunlanishini prognoz qilmoqda. Bu haqda Newsweek xabar berdi.
Stavridis AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp urushni 24 soat ichida tugatishi mumkinligini ham ijobiy baholadi.
"Umid qilamanki, u (Tramp) buni amalga oshiradi, har ikki tomonga muzokaralar stoliga o‘tirishlari uchun bosim o‘tkazadi va bu Koreya urushining tugashiga o‘xshab ketadi. Afsuski, Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini, hozirda o‘zi egallab turgan qismini qo‘lga kiritadi, lekin Ukrainaning qolgan 80 foizi, ya’ni barcha resurslar va aholining katta qismi demokratik va erkin bo‘lib qoladi", dedi Stavridis.
Shuningdek, u Ukraina NATOga a’zolik yo‘lidan ketishi, ehtimol, bu 3-5 yil ichida amalga oshishini aytdi.
"Bu dunyodagi eng yomon natija emas", dedi u.
Stavridisning fikricha, Ukraina Yevropa Ittifoqiga ham a’zo bo‘lishi mumkin, chunki ittifoq Rossiyaning bosqiniga qarshi kurashda yordam berish uchun Ukrainaga milliardlab dollar sarmoya kiritgan.
"Putin Ukrainaning bu qismini yomon ko‘radi, xuddi ukrainlar ham Putin ularning mamlakatining 20 foizini nazorat qilishini yomon ko‘rgani kabi. Ammo bu muzokaralar masalasi", dedi iste’fodagi admiral. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi