23:15 / 25.11.2024
11

Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi

Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Foto: Interfaks
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni o‘lim jazosiga hukm qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Xalqaro jinoiy sud hibsga olishga order berdi, ammo bu yetarli emas. Bu jinoiy yetakchilarga (Netanyaxu va Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant) o‘lim jazosi berilishi kerak”, dedi Xomanaiy.

Avvalroq XJS Netanyaxu va Galantni G‘azodagi harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olishga order bergan edi. Qaror 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 mayga qadar sodir etilgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar” yuzasidan qabul qilingan.

Sud, shuningdek, Isroilning o‘z fuqarolariga qarshi order berish bo‘yicha sud yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lgan dalillarini ham rad etgan. Isroil ham Falastindagi vaziyat bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha XJS yurisdiksiyasiga qarshi chiqdi.

Aksariyat isroillik siyosatchilar va turli siyosiy arboblar bu qarorni keskin qoraladi.

Foto:AFP
Yoav Galant va Benyamin Netanyaxu

Isroil prezidenti Isaak Gersog XJKning order berish haqidagi qarorini “vijdonga to‘g‘ri kelmaydigan va hayratga soladigan” deb atadi.

Bu qaror demokratiya va erkinlikdan ko‘ra terror va yovuzlik foydasiga tanlov bo‘lib, adliya tizimining o‘zini HAMASning insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun qalqonga aylantirdi”, dedi u.

Netanyaxu idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman XJSni Isroil pozitsiyasiga e’tibor bermaganlikda va Eron boshlagan mintaqadagi urushni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi.

XJK antisemitizm ohanglari bilan to‘liq dezinformatsiya kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi, uning maqsadi Isroilni o‘z ittifoqchilaridan ajratib qo‘yish va mamlakatimizga qarshi terrorchilik hujumlariga ko‘maklashishdan iborat”, deydi Gendelman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi