8
Putin Kiyevning davlat ahamiyatidagi nishonlariga “Oreshnik” bilan zarba berishni istisno qilmadi
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat “dushman” harakatlariga javoban “Oreshnik”ning jangovar sinovlarini davom ettirishini aytdi.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, Kiyev bir necha bor Moskva va Sankt Peterburgdagi davlat ahamiyatiga molik nishonlarga hujum qilishga uringan. Putinga ko‘ra, bunga javoban Bosh shtab va Mudofaa vazirligi Ukraina hududidagi “Oreshnik” tomonidan yo‘q qilinadigan nishonlar ro‘yxatini tuzmoqda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada “Oreshnik”ka o‘xshash, foydalanishga tayyor yana bir qancha komplekslar mavjud. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Oreshnik”ning kuchi yadro qurolidan foydalanish bilan taqqoslanadi.
"Agar bu raketalardan ommaviy tarzda, ya’ni bir zarbada bir nechta “Oreshnik”lardan foydalanilsa, bu zarbaning kuchi yadro qurolidan foydalanishga teng bo‘ladi", dedi Putin.
Yadro quvvatiga ega so‘nggi gipertovushli “Oreshnik” ballistik raketasi umumiy quvvati 900 kiloton bo‘lgan zaryadlarni yetkazib bera oladi.
“Oreshnik”ning maksimal yo‘q qilish masofasi 5,5 ming km, u 10 Mach (taxminan 12,4 ming km/soat) tezlikda harakatlanadi va 1,5 tonnagacha bo‘lgan jangovar kallakni ko‘tara oladi. Yakuniy bosqichda, jangovar kallaklar maksimal tezlikka erishganda, raketani ushlab qolishning iloji bo‘lmaydi.
Putin 21 noyabr kuni Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini tasdiqlagan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan, armiya ko‘zlangan maqsadga erishgan: “Dnepropetrovskda Sovet ittifoqi davridan beri eng yirik va mashhur sanoat majmualaridan biri bo‘lgan, bugungi kunda raketa texnologiyalari va boshqa qurollar ishlab chiqaradigan Yujmash zavodi zarar ko‘rgan”.
"Shu paytdan boshlab, biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, avvalroq G‘arb tomonidan qo‘zg‘atilgan Ukrainadagi mintaqaviy mojaro global miqyosda tus oldi", dedi Rossiya yetakchisi.
Putin o‘z bayonotida Rossiya raketalardan foydalanishdan oldin Ukraina fuqarolarini xavfli zonani tark etish haqida ogohlantirishini ta’kidladi.
"Rossiya tinch yo‘lni afzal ko‘radi, biroq voqealarning har qanday rivojiga ham tayyor, javob doimo tayyor", deya qo‘shimcha qilgan u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi