date
views 71

Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi

Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Foto: Ministry of defence of Ukraine
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni etib Mixaylo Drapatiyni tayinladi.

U shtabning Oliy bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiy bilan uchrashuvi chog‘ida tegishli qarorga kelganini ma’lum qildi. Shuningdek, Oleg Apostol Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari etib tayinlandi.

«General-mayor Mixaylo Drapatiy Xarkiv yo‘nalishida mudofaani muvaffaqiyatli tashkil qildi va Rossiya qo‘shinlarining hujumkor operatsiyasini to‘xtatdi. Polkovnik Oleg Apostol 95-maxsus havo hujumi brigadasining tajribali qo‘mondoni. Har ikkisi ham janglarda o‘zining samaradorligini isbotladi», deyiladi xabarda.

Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, ularning asosiy vazifasi armiyaning jangovar samaradorligini oshirish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash sifatini ta’minlash va odamlarni boshqarishga innovatsion yondashuvlarni joriy etishdan iborat.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi