Foto: West Alabama Watchman
AQSHning Rod-Aylend shtatida yashovchi oila o‘z uyidan 1795 yilga tegishli kumush dollar topib oldi. U uzoq vaqt eski poyabzal qutisida turgan. West Alabama Watchman sayti xabar berishicha, hozirgi qiymati 100 ming dollarga baholanayotgan tanga 15 dekabr kuni GreatCollections kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Topilma AQSH zarbxonasi tomonidan zarb etilgan dastlabki kumush tangalardan biri bo‘lib, mazkur zarbxona prezident Jorj Vashington davrida o‘z faoliyatini boshlagan. Tanga AQSHning milliy valyuta yaratish bo‘yicha dastlabki urinishlarini aks ettiradi. Bundan tashqari, aynan shu dollarda noyob kumush qo‘shimcha mavjud — u tanganing og‘irligini standartlarga moslashtirish uchun qo‘shilgan. Bu turdagi tangalardan atigi 100 ga yaqin nusxa saqlanib qolgan.
Ta’kidlanishicha, artefaktni topgan oila yaqin vaqtgacha uning tarixiy qiymatidan bexabar bo‘lgan. Tanga minimal darajada yeylanganiga qarab, mutaxassislar uning 1790 yillar oxiri yoki 1800 yillar boshida muomaladan olib tashlanganini taxmin qilmoqda. Dollarga nufuzli PCGS AU58 va CAC sertifikatlari berildi. Ular tanganing yuqori sifatini tasdiqlab, kolleksionerlar orasida uning qiymatini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”