22:19 / 11.12.2024
13

Mashhur YouTube bloger Mr. Beast' ning shousi uchun 14 mln dollarlik shaharcha qurildi

Mashhur YouTube bloger Mr. Beast' ning shousi uchun 14 mln dollarlik shaharcha qurildi
Dunyodagi eng mashhur YouTube bloger Mr. Beast'ning shousi uchun maxsus shaharcha qurildi. Bu haqda bloger Instagram akkauntida ma’lum qildi. Ushbu ijtimoiy tarmoqda unga qariyb 63 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Yangi Beast Games ko‘rsatuvimiz uchun 14 million dollar qiymatidagi shahar qurdik, ishtirokchilar o‘sha yerda yashaydi! Bu ko‘rsatuvga bor-budimizni sarfladik va men 19 dekabrni intizorlik bilan kutyapman!”, — deb ta’kidladi u.

Post ostidagi yuzlab izohlarda blogerning ko‘plab loyihalari maqtalgan.

Avvalroq bloger Beast Games “ilgari hech kim hech qachon ko‘rmagan shou” bo‘lishini ta’kidlagandi. Unda 1000 nafar ishtirokchi qatnashib, 5 million dollar miqdoridagi sovrin uchun kurashadi.

Biz yaratgan dekoratsiyalar qanchalik aql bovar qilmas ekani va shou qanchalik hayratlanarli chiqishini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Sizlarga va’da beraman, bunaqasini hech qachon ko‘rmagansiz. Beast Games 19 dekabrda Prime Video‘da namoyish etiladi”, — degan u.

2024 yil avgustda Mr. Beast (asl ismi Jimmi Donaldson) mojarolar markazida qolgani xabar qilingandi. Xususan, The New York Times gazetasi Beast Games ko‘rsatuvini ishlab chiqishdagi xavfsizlik muammolari haqida yozgan. TikTok'da loyihaning suratga olish sharoitlari haqida anonim xabarlar paydo bo‘ldi. New York Times maqolasida o‘ndan ortiq ishtirokchining so‘zlari keltirilgan bo‘lib, ular yetarli ovqat yoki tibbiy yordam olmaganini, hatto ba’zi ishtirokchilar jarohatlanganini aytishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur YouTube bloger Mr. Beast' ning shousi uchun 14 mln dollarlik shaharcha qurildi