00:30 / 15.12.2024
3

Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi

Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi
Foto: Getty Images
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Moldovadagi prezidentlik saylovlari va yevrointegratsiya bo‘yicha referendumdagi qonunbuzilishlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat maxsus xizmatlari xabar berdi.

Moldova Axborot va xavfsizlik (SIS) direktori Aleksandru Mustyatse tomonidan 13 dekabr kuni taqdim etilgan hisobotda Rossiyaning saylov jarayonlariga aralashuvi haqida so‘z boradi. Hujjatga ko‘ra, Moskvada Moldovadagi referendum va saylovlarni obro‘sizlantirishga qaratilgan tezkor markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markazni boshqarish esa moldovalik biznesmen Ilan Shorga ishonib topshirilgan va u moliyaviy, media, texnik va logistika tomonidan keng resurslar bilan ta’minlangan. Mazkur faoliyatga ko‘maklashganlar qatorida Roman Abramovich ismi ham tilga olinadi.

SIS hisobotida keltirilishicha, 2023 yilda Shor Abramovich bilan Fransiyada uchrashgan. Ta’kidlanishicha, aynan Abramovich Moldova saylovlarida ishtirok etish uchun Shor tomonidan tuzilgan «Pobeda» blokini qo‘llab-quvvatlagan. Ushbu blokka huquqiy jihatdan ko‘makni maxsus xizmatlar rossiyalik milliarderning shaxsiy yordamchisi deb ataydigan Rola Brentlin ta’minlagan.

Moldovada prezidentlik saylovlari ikki turda bo‘lib o‘tdi: 20 oktyabr va 3 noyabr kunlari. Saylovlarda amaldagi prezident Mayya Sandu g‘alaba qozondi. Saylovlarning birinchi turi bilan bir vaqtda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum ham o‘tkazildi — yakunda fuqarolarning aksariyati yevrointegratsiyani qo‘llab-quvvatladi.

Ilon Shor 2017 yilda bank firibgarlik bo‘yicha 7,5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan. Ammo u hukm ustidan shikoyat kiritgan va uy qamog‘iga o‘tkazilgan edi. 2019 yil iyunda Shor Moldovadan qochib ketgan, o‘tgan bahorda esa u Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi