Foto: Reuters
Rossiya o‘z qo‘shinlarini Suriya shimolidagi front chizig‘i va Alavit tog‘laridagi postlardan qisman olib chiqmoqda, ammo ikkita asosiy baza — Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Lataqiyadan taxminan 20 kilometr janubi-sharqda joylashgan Hmeymim harbiy-havo bazasidagi harbiylarini qoldiryapti. Bu haqda suriyalik to‘rt nafar amaldorga tayanib, Reuters xabar berdi.
Suriyalik harbiylar va xavfsizlik sohasidagi manbalarning xabar berishicha, Rossiya og‘ir texnikalar va katta ofitserlarining bir qismini olib chiqib ketmoqda, ular Moskvaga yo‘l oladi. Ammo ikkita asosiy bazadagi qo‘shinlar joyida qoladi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya u yerdan qo‘shinlarni olib chiqmagan va bunday qilish niyatida ham emas. Reuters suhbatdoshlarining aytishicha, maqsad — joylarda yuz bergan voqealar rivojiga mos ravishda qayta guruhlanish va dislokatsiyani o‘zgartirishdan iborat.
Suriyaliklarning yangi muvaqqat ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan yuqori martabali vakilning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlarining Suriyada qolishi va Bashar Asad hukumati hamda Moskva o‘rtasidagi oldingi bitimlar muhokama qilinmagan. «Bu bo‘lajak muzokaralar masalasi va oxirgi gapni Suriya xalqi aytadi», — deydi agentlik suhbatdoshi.
Rossiyadagi manba ham Suriyaning yangi hukumati bilan muzokaralar davom etayotgani va RF o‘z kontingentini bazalaridan olib chiqib ketish niyatida emasligini tasdiqlagan.
2017 yilda Moskva va Damashq Tartus va Hmeymim bazalaridan 49 yil davomida — 2066 yilgacha foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Rossiya qo‘shinlari tarkibida 7,5 ming harbiy bilan birga ko‘plab qurol-yarog‘ va harbiy texnika ham bor. Bu, ayniqsa, Hmeymim aviabazasiga tegishli. Baza hududida zirhli texnika, zenit-raketa majmualari va muhandislik uskunalari mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
AQSH “Oreshnik” bilan yangi zarba berilishi haqida Ukrainani ogohlantirdi
Chet el valyutalarining yangi kursi e’lon qilindi
Tadqiqot: O‘zbekistonda aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, minnatdorlik deb biladi
Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda tugaydi
Samarqand viloyatida bog‘cha binosi yonib ketdi