Foto: Getty Images
Google jamoasi an’anaga muvofiq “qidiruvlar” bo‘yicha yil sarhisobini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘ylab Google'dan eng ko‘p qidirilgan mavzular orasida Donald Trampning AQSH prezidenti sifatida qayta saylanishi, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari va Dubay shokoladi bor.
Bundan tashqari platforma foydalanuvchilari eng yoqimtoy begemot Mu Deng, SpaceX kompaniyasining yutuqlari va tabiiy ofatlar haqidagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun Google qidiruvidan ko‘p foydalangan.
Odamlar vayronkor suv toshqinlari va quyosh tutilishi kabi noyob tabiiy hodisalarga oid ma’lumotlarga katta qiziqish bildirdi, deyiladi kompaniya hisobotida.
Xonanda Selin Dionning chiqishi yilning eng asosiy kambeki bo‘ldi.
Ko‘p qidirilgan mavzular ro‘yxatiga, shuningdek, kino va sport sohasidagi unutilmas voqealar kiritilgan: aktrisa Lili Gladstounning “Oltin globus” bilan taqdirlanishi, Mayk Tayson haqidagi ma’lumotlar, jazoirlik bokschi Iman Xelif bilan bog‘liq mojarolar, amerikalik gimnastikachi Simona Baylzning chiqishi shular jumlasidandir.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Google qidiruv tizimidan foydalanish kamayib borayotgani haqida ma’lum qilgandi. Nashrga ko‘ra, hozirgi kunda “yosh avlod axborot yig‘ish uchun boshqa platformalardan, ayniqsa, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tgan”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Prezident: Iqtisodiy kompleksda 300 ga yaqin rahbar ishdan olindi
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
Rossiyaning G‘arbiy Ukrainaga hujumi urush davridagi eng yirik hujum bo‘ldi