01:03 / 24.12.2024
0

Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi

Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Foto: Wikipedia
AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga egalik qilish va uni nazorat qilishning muhim ahamiyati haqidagi izohi “juda hurmatsizlik” va Tramp orolni “sotib olmoqchi” degan fikrni bildiradi. Bu haqda Grenlandiya parlamentining “Xalq hamjamiyati” partiyasi a’zosi Aaya Shemnis ma’lum qildi.

Grenlandiya oroli sotilmaydi. Menimcha, butun G‘arb dunyosining tashqi va xavfsizlik siyosatini belgilab beruvchi AQSHning bo‘lajak prezidentining “egalik” va “nazorat” so‘zlari ular Grenlandiyani sotib olmoqchi ekanligining aniq belgisidir. Shuningdek, bu qaror Daniyaga bog‘liqligini aytish daniyalik siyosatchilarga nisbatan hurmatsizlik, deya Aaya Shemnitsning so‘zlarini keltiradi Ritzau agentligi.

Shu bilan birga, Shemnis AQSH bilan hamkorlikni kengaytirishga qarshi emas. Misol tariqasida u Grenlandiyada Amerika konsulligi ochishni taklif qildi.

Ammo orol aholisi AQSH tarkibiga kirmoqchi emas, deb ta’kidladi deputat.

Bu qaror Grenlandiya va uning xalqiga bog‘liq. Biz Grenlandiyada o‘zini o‘zi boshqarishni kengaytirdik. Va bilishimcha, Grenlandiyadagi hech bir partiya orol aholisi Amerika fuqarosi bo‘lishini istamaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Foto: Report.az
Avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Vashington Grenlandiyani nazorat qilishi kerakligini aytgan edi.

Trampning 2019 yildagi birinchi prezidentlik muddati davomida Amerika OAV u Daniya tarkibidagi hudud bo‘lgan va keng avtonomiya huquqlariga ega Grenlandiyani qo‘lga kiritish imkoniyatidan manfaatdor ekanligini yozgandi.

Shundan so‘ng Daniya rasmiylari Grenlandiyani sotish masalasini muhokama qilishdan bosh tortdilar va bu g‘oyani “absurd” deb atagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi