O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi Respublikaning Yelabuga munitsipal tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga doir qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 24 dekabr ertalab soat 3:00 larda yuqoridagi manzilda joylashgan «Mir» chorvachilik fermasi inshootida yong‘in sodir bo‘lgan va yong‘in oqibatida 6 nafar, jumladan, 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari – 1976 yilda tug‘ilgan A.B., 1965 yilda tug‘ilgan X.X., 1970 yilda tug‘ilgan J.U., 1995 yilda tug‘ilgan B.N. va 2002 yilda tug‘ilgan S.D.lar halok bo‘lgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ushbu holatni nazoratga olganini, diplomatlar voqea joyiga safarbar etilganini va vakolatli organlar bilan zarur tadbir va ishlarni olib borganini bildirdi.
Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish ishlari tashkil etilmoqda.
Bosh konsulxona, o‘z navbatida, mazkur masala bo‘yicha quyidagi telefon raqamlar (+7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;) orqali bog‘lanish mumkinligini eslatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin