09:29 / 02.01.2025
217

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Sirskiy Kursk oblastiga bordi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Sirskiy Kursk oblastiga bordi
Foto: Telegram / osirskiy
1 yanvar, chorshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina qoʻshinlari nazoratida boʻlgan Rossiya Federatsiyasining Kursk oblasti hududiga tashrif buyurdi.

Sirskiy: Kursk oblastida 38 ming RF askari halok boʻldi

«Ukraina harbiylarining qahramonona harakatlari dushmanni oʻz hududida katta kuchlar guruhini ushlab turishga va zaxiralarni boshqa yoʻnalishlardan oʻtkazishga majbur qildi, sizning qat'iyatingiz va jasoratingiz tufayli dushmanning Kursk oblastidagi yoʻqotishlari 38 mingdan ortiq kishini tashkil etdi. mingdan ortiq texnika ham yoʻqotildi», — deb yozdi harbiy rahbar Telegramʼda.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Kursk oblastida 700 nafar rus askari asirga olingan. Ular almashinuv fondini toʻldirishdi, buning yordamida ukrainalik askarlarni vatanga qaytarish mumkin, dedi Sirskiy. U «okkupantlar qanday pasportga ega boʻlishidan qat'i nazar, ularni yoʻq qilishni davom ettirishga» va'da berdi.

Sirskiy tomonidan e'lon qilingan kadrlarga qaraganda, u 225-hujumkor batalon, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining 82-havo hujumi brigadasi joylashgan joyga tashrif buyurdi.

UQKning Kursk oblastidagi operatsiyasi

Ukraina qoʻshinlari 6 avgust kuni Kursk oblastiga kirib, oʻnlab aholi punktlarini, jumladan Sudja shahrini tezda nazorat ostiga oldi. Kiyevning ta'kidlashicha, Rossiya adolatli tinchlikka rozi boʻlsa, harbiy amaliyot toʻxtatiladi.

Reuters agentligining noyabr oyida xabar berishicha, Ukraina oʻshandan beri Kursk oblastida bosib olingan hududning 40 foizini yoʻqotgan. Dekabr oyi oxirida Bloomberg AQShdagi manbalariga tayanib, Ukraina qurolli kuchlari 2025 yilda Kursk oblastini tark etishi mumkinligini yozgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo