Foto: Reuters
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 2024 yil noyabrdagi saylovlarda gʻalaba qozonganidan keyin donorlardan 200 million dollardan ziyod mablagʻ toʻpladi, deb xabar bermoqda The New York Times.
«Tramp noyabr oyida saylovlarda gʻalaba qozonganidan keyin uning ittifoqchilari koʻp sonli donorlardan 200 milliondan ziyod mablagʻ toʻpladi. Ushub pullar uning inauguratsiyasi, siyosiy vazifalarni bajarishiga, shuningdek, prezident kutubxonasining ochilishiga sarflanishi mumkin», — deb yozadi gazeta.
Donorlar orasida Pfizer, Amazon, OpenAI, shuningdek, kriptovalyuta bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar ham bor.
Trampning inauguratsiyasi bilan shugʻullanuvchi qoʻmitaning oʻzi donorlardan kamida 150 million dollar toʻplagan boʻlib, bu yaqin haftalarda yana oshishi kutilmoqda. Toʻplangan mablagʻlar Tramp 2017 yilda oʻrnatgan rekorddan sezilarli darajada koʻp: oʻshanda u inauguratsiya xarajatlari uchun 107 million dollar toʻplashga muvaffaq boʻlgandi.
Bundan tashqari, Tramp tomonidan shakllantirilgan boshqa qoʻmitalar ham donorlardan mablagʻ olmoqda. Xususan, ular mablagʻlarni Trampga yaqin boʻlgan siyosatchilarni qoʻllab-quvvatlashga va ularning saylovoldi tadbirlarini moliyalashtirishga sarflash niyatida.
Avvalroq Apple bosh direktori Tim Kuk AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya jamgʻarmasiga shaxsan 1 million dollar xayriya qilishi toʻgʻrisida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Qishda terini qanday parvarish qilish kerak?
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Makron: “AQSh Rossiyani Ukraina boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga koʻndirishi kerak”
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi