
Foto: AP
Saudiya Arabistonida kuchli yomgʻirlar tufayli bir necha shaharlarda suv toshqinlari yuz berdi.
Jumladan, mamlakatning iqtisodiy poytaxti deb atalgan Jidda shahrida yomgʻirlar tufayli koʻchalarni suv bosdi, shuningdek, shaharlar orasidagi yoʻllar buzildi. Toʻfon Makka va Madinaga ham zarar etkazdi, deb yozdi Saudi Gazette.
Khaleej Times tomonidan e'lon qilingan videolarda Makkadagi ziyoratchilar kuchli jala ostida qolgani koʻrinadi.
Meteorologlar mamlakatning ayrim hududlarida chorshanbagacha kuchli yomgʻirlar davom etishi haqida ogohlantirmoqda.
Saudiya Arabistonida qishda yogʻingarchilik juda kam uchraydi. Avvalroq mamlakatda kuchli yomgʻir 2024 yil aprel oyida boʻlgan, shunda Ummon va BAA ham yomon ob-havodan jabrlangan edi. Ta'kidlanishicha, Fors koʻrfazining koʻplab shaharlaridagi drenaj tizimi yuklamani koʻtara olmagan, chunki yogʻingarchilikning bunday darajasi uchun moʻljallanmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar