Lukashenko hokimiyatni tinch yoʻl bilan yangi avlodga topshirmoqchi ekanini aytdi

1 daqiqa o'qish352
Lukashenko hokimiyatni tinch yoʻl bilan yangi avlodga topshirmoqchi ekanini aytdi
Foto: Vesti.az
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hokimiyatga tirmashib olmasligini, uni yangi avlodga tinch va osoyishta yoʻl bilan topshirish uchun hamma narsaga tayyorligini aytdi. Lukashenko bu haqda Logoiskdagi ibodatxonaga tashrifi chogʻida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “BelTA”.

Shu bilan birga, u yangi hukumat davrida yashay olishiga umid bildirdi. “Mening bolalarim qanday yashashlarini koʻrishni xohlayman”, dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti hokimiyatni kuch bilan saqlab qolishga harakat qilmayotganini qoʻshimcha qildi. Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovi 2025 yil 26 yanvarga belgilangan.

Unda ishtirok etish uchun besh kishi, jumladan, 1994 yildan beri respublika prezidenti lavozimini egallab kelayotgan va yettinchi prezidentlik muddatiga oʻz nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan Lukashenko da'vogarlik qilmoqda.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarusdagi saylovlarda tartibsizliklar yuzaga kelsa, harbiylarni jalb qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

“Zarur boʻlganda politsiya, kerak boʻlganda tartib oʻrnatilishi uchun harbiylarni qoʻrqmasdan jalb qilaveringlar”, dedi Belarus prezidenti gubernatorlar bilan uchrashuvda.

Uning soʻzlariga koʻra, Belarusda saylov komissiyalari a'zolariga tashqaridan bosim oʻtkazishga urinishlar kuzatilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?