14:00 / 09.01.2025
60

Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?

Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Avvalroq, Meta korporatsiyasi asoschisi Mark Tsukerberg Facebook va Instagram’da soʻz erkinligini qaytarishini aytgan edi. Unga javoban, Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining qadriyatlari AQShdagi saylovlarga bogʻliq emasligini, haqiqiy sinov – «siyosiy shamollar» yana oʻzgarganda kelishini aytdi.

«Men, siyosiy jihatdan xavfsiz boʻlishidan ancha oldin — Telegram soʻz erkinligini qoʻllab-quvvatlab kelganidan faxrlanaman. Bizning qadriyatlarimiz AQShdagi saylov davrlariga bogʻliq emas.

Bugun boshqa platformalar endi ularda kamroq tsenzura boʻlishini e'lon qilmoqda. Ammo ularning yangi qadriyatlari uchun haqiqiy sinov — siyosiy shamollar yana oʻzgargandan soʻng keladi. Hech qanday xavf boʻlmaganda, biror narsani qoʻllab-quvvatlayman, deyish oson
», — deb yozgan Durov oʻzining Telegram kanalida.

Joriy yil 7 yanvar kungi chiqishida Meta asoschisi Mark Tsukerberg korporatsiya oʻz platformalari — Facebook, Instagram va Threads mikrobloglar servisida faktchekerlar xizmatidan voz kechishini ma'lum qilgandi.

U joriy tizim «juda koʻp xato va tsenzura mavjud nuqtaga etib kelgani, shu sababli qoidalarni soddalashtirish hamda platformalarda soʻz erkinligini qaytarishini» qayd etgan.

Ma'lumotlarga koʻra, Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan soʻng uch oy ichida AQSh rasmiylarining 900 ta soʻrovini bajarib, 2253 nafar foydalanuvchi toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni ularga taqdim qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo