Ukraina prezidenti Rossiyada saqlanayotgan ukrainalik harbiy asirlarni qaytarish evaziga asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini Pxenyanga topshirishga «tayyor». Bu haqda Volodimir Zelenskiy yakshanba kungi videomurojaatida aytib oʻtdi.
Bu bayonot Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) shanba kuni Shimoliy Koreyaning ikki askari Kursk viloyatida asirga olingani haqida e'lon qilganidan keyin yangradi.
«Ukraina xavfsizlik xizmati Shimoliy Koreyadan kelgan harbiy asirlar bilan ishlashda davomida ulardan biri Ukrainada qolish, ikkinchisi esa oʻz yurtiga – Koreyaga qaytish istagini bildirgan. Agar Kim Chen In hech boʻlmaganda oʻz fuqarolarini eslasa va Rossiyada saqlanayotgan askarlarimizni almashtirishni tashkil qilsa, biz bunday askarlarni topshirishga tayyormiz. Shubhasiz, Shimoliy Koreya harbiy asirlari koʻpayadi», – deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti qaytishni istamagan Shimoliy Koreya askarlari uchun boshqa variantlar ham boʻlishi mumkinligiga shama qilgan.
Ukraina xavfsizlik xizmati rasmiysi ism-shariflari oshkor etilmagan ikki harbiy asirning soʻroq va davolanish uchun Kiyevga yuborilganini ma'lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)