Aleksandr Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

1 daqiqa o'qish234
Aleksandr Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Aleksandr Lukashenko Belarusda «ekstremizm» moddasi boʻyicha qamalgan 23 kishini afv etdi. Bu haqda uning matbuot xizmatiga tegishli «Pul pervogo» kanali xabar berdi.

Afv etilgan siyosiy mahbuslar ismi oshkor etilmagan. Ma'lum qilinishicha, uch nafar ayol va 20 nafar erkak afv etilgan boʻlib, ularning 14 nafarida surunkali kasalliklar mavjud.

Lukashenko matbuot xizmatining qayd etishicha, ularning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim soʻragan».

Soʻnggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan boʻlsa, 4 sentyabrda — 30 kishi, 16 sentyabrda — 37 mahbus, noyabr boshlarida — 31 kishi, noyabr oxirlari va dekabrda esa jami 84 mahbus ozodlikka chiqdi.

2020 yil 9 avgust kungi prezidentlik saylovlaridan keyin Lukashenkoning gʻalabasi e'lon qilingach, Belarusda yarim yildan ortiq vaqt ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Muxolifat Lukashenkoning iste'fosini, siyosiy mahbuslar ozod etilishi va yangi saylovlar oʻtkazilishini talab qildi. Norozilik aktsiyalari kuchishlatar tuzilmalar tomonidan bostirilganidan keyin toʻxtagan va namoyishlarda ishtirok etgan koʻplab fuqarolar hibsga olingan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?