09:09 / 25.01.2025
450

Turkiyaning Konya viloyatida toʻrt qavatli uy qulab tushdi (video)

Turkiyaning Konya viloyatida toʻrt qavatli uy qulab tushdi (video)
Turkiyaning Konya shahrida toʻrt qavatli turar joy binosi qulab tushdi, deb xabar beradi Yeni Şafak gazetasi.

Qayd etilishicha, voqea Selchuklu tumani markazida 24 yanvar kuni kechqurun sodir boʻlgan. Hozirda hodisa joyida favqulodda xizmatlar xodimlari vayronalar ostidagi insonlarni chiqarish boʻyicha ish olib bormoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ayni vaqtda halok boʻlganlar toʻgʻrisida ma'lumot yoʻq, ammo kamida besh kishi qulagan uy ostida qolgani, ulardan ikki nafari qutqarilgani aytilmoqda. Binoning qulashiga nima sabab boʻlgani hozircha aniqlanmagan.

Konya meri Ugur Ibrohim Altay oʻzining X’dagi sahifasiga rasmiylar vaziyatdan xabardor ekani haqida yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, bino eski boʻlgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar yoʻnaltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan koʻrish mumkinki, qulash vaqtida ikkinchi qavatdagi bir nechta xonadonning chiroqlari yoniq boʻlgan. Guvohlar avvaliga qarsillash ovozini eshitgan, soʻng bino qogʻoz uy kabi qulab tushgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo