17:35 / 25.01.2025
305

AQSh Meksika koʻrfazi nomi Amerika koʻrfazi deb oʻzgartirilganini e'lon qildi

AQSh Meksika koʻrfazi nomi Amerika koʻrfazi deb oʻzgartirilganini e'lon qildi
Foto: Mario Tama / Getty Images
AQSh Ichki ishlar departamenti Donald Trampning farmoniga muvofiq Meksika koʻrfazi va Alyaskadagi Denali togʻi nomi «qayta tiklanganini» e'lon qildi.

Meksika koʻrfazi Amerika koʻrfazi deb oʻzgartirildi, Denali togʻi esa MakKinli togʻi (1901 yilda oʻldirilgan AQSh prezidenti Uilyam MakKinli nomi bilan atalgan) deb nomlanadi.

Tramp 20 yanvar kuni inauguratsiya nutqida Meksika koʻrfazining nomini oʻzgartirish niyatida ekanini ma'lum qildi.

Ammo Tramp qarori xalqaro miqyosda tan olinishi dargumon. Meksika rasmiylari avvalroq Meksika koʻrfazi nomi yuzlab yillar davomida dengiz navigatsiya belgisi sifatida ishlatilgani haqida aytgan edi.

2015 yilda AQSh prezidenti Barak Obama MakKinli togʻi nomini mahalliy amerikaliklar foydalanadigan Denali nomiga oʻzgartirgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo