Foto: RIA Novosti
Rossiya Ta'lim vazirligi maktabga qabul qilinish vaqtida rus tilini bilish boʻyicha testni topshira olmagan farzandining qoʻshimcha oʻqishi uchun sharoit yaratmagan migrantlarni ma'muriy javobgarlikka tortish taklifini berdi. Bu haqda idora tomonidan testlarni oʻtkazish tartibi loyihasida soʻz boradi.
Hujjatda aytilishicha, agar bola testni muvaffaqiyatli topshira olmasa, unga rus tilini oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha dasturdan oʻtish taklif qilinadi. Bunday oʻqitish tizimi uch oy davom etishi va uning xarajatlari ota-ona tomonidan qoplanishi kerak.
Mintaqaviy hukumat hududiy IIV organlari va vasiylik organlariga migrantlarning maktabga qabul qilingan bolalari, shuningdek, kim testni topshira olmagani va qoʻshimcha mashgʻulotlarga yoʻnaltirilganiga oid ma'lumotlarni yuborishi kerak boʻladi.
Agar bola testni topshira olmaganidan bir oy oʻtib, u qoʻshimcha darslarga qatnashmayotgani aniqlansa, vasiylik organlari chet el fuqarosning turar joyida tekshiruv oʻtkazadi. Ular IIV va voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyasini «bolaga ta'lim berish majburiyatini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik» holati boʻyicha xabardor qilishi lozim. Oʻz navbatida ular bolaning ota-onasini ma'muriy javobgarlikka tortadi.
2024 yil dekabrda Rossiya Davlat dumasi Rossiya maktablariga rus tilini bilish boʻyicha testdan oʻta olmagan migrantlarning farzandlarini maktabga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgandi. Qonunga koʻra, maktabga qabul qilinishda «bolaning RF hududida qonuniy boʻlib turgani tekshiriladi». Migrantlarning farzandlari uchun rus tili testini topshirish bepul boʻladi.
2024 yilda «Migrant Servis» tahlilchilariga koʻra, Rossiyani 1 millionga yaqin migrant, asosan, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston kabi davlatlar fuqarolari tark etgan. 2025 yilda bu tendentsiya davom etishi va farazga koʻra, yana 1 millionga yaqin mehnat migranti xorijda yanada jozibador mehnat sharoitlarini izlab Rossiyani tark etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar