TIV oʻzbeklarni it deb haqoratlagan shaxs boʻyicha qanday bayonot berdi?

1 daqiqa o'qish2K
TIV oʻzbeklarni it deb haqoratlagan shaxs boʻyicha qanday bayonot berdi?
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning oʻzbeklarni it deb atagani aks etgan video tarqalgan edi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, video internetda topilishi bilanoq Rossiya tomoniga zudlik bilan murojaat qilingan.

“Qaysi millatga mansub boʻlishidan qat'i nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi. Oʻzbekiston oʻz fuqarolarining huquqlari, sha'ni va qadr-qimmatini qayerda boʻlishidan qat'iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.

Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.

Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qat'i nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni ta'kidladi.

Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlar tomonidan toʻqib chiqarilgani ma'lum boʻldi.

Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e'lon qilmoqda”, – deyiladi Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov tarqatgan bayonotda.

Rossiya TIV soʻzchisi Mariya Zaxarovaga koʻra, FSB bu erkakning shaxsini aniqlagan: u Nikolay Nikolayevich Kochmarik. Bayonotda u ukrainalik ekani iddao qilingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?