17:12 / 03.02.2025
112

Suriyada avtomobil portlashi oqibatida 15 kishi halok boʻldi

Suriyada avtomobil portlashi oqibatida 15 kishi halok boʻldi
Foto: X
Suriya shimolidagi Manbij shahrida avtomobil portlashi oqibatida kamida 15 kishi halok boʻldi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Hodisa Manbij shahri atrofidagi trassada yuz bergan. Qishloq xoʻjaligi ishchilarini tashiyotgan mashina yonida minalangan avtomobil portlagan. Qurbonlarning 14 nafari ayol va biri erkak hisoblanadi. Hodisa oqibatida 15 nafar ayol jarohatlangan, ulardan ayrimlarining ahvoli ogʻir.

Bu Manbijda soʻnggi bir necha kun ichida kuzatilgan ikkinchi shunday hodisadir. 1 fevral kuni shahar markazida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 4 kishi halok boʻlgandi. Toʻqqiz kishi, shu jumladan, bolalar yaralangandi.

“Suriyaning tinch aholi yashaydigan hududlariga hujumlar davom etayotgani; 14 yilga choʻzilgan, endi barham topgan Asad rejimining urushi ta'siridan oʻzini tiklashga urinayotgan paytda nishonga olinayotgani ularning hayotiga tahdid solmoqda. Gumanitar fojia chuqurlashmoqda, ta'lim va qishloq xoʻjaligi faoliyati hamda tirikchiligi izdan chiqmoqda, Suriyadagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirmoqda”, dedi fuqaro mudofaasi tashkilotining direktor oʻrinbosari Munir Mustafo.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo