Yapon shousida ishtirokchilar tanalari bilan aql bovar qilmas illyuziyalar yaratmoqda (video)

Yaponiyaning mashhur «Masquerade» (Kasou Taishou) ko‘rsatuvida ishtirokchilar o‘z ijodkorligi va mahorati bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirmoqda. Ular oddiy buyumlar, uy sharoitida tayyorlangan liboslar va tana harakatlaridan foydalanib, sahnada noodatiy illyuziyalarni namoyish etadi.
1979 yildan buyon efirga uzatib kelinayotgan ko‘rsatuvda sodda g‘oyalar jamoaviy hamkorlik, aniq muvofiqlashtirilgan harakatlar va tasavvur yordamida murakkab sahna tomoshalariga aylantiriladi.
Ishtirokchilarning chiqishlarida inson tanasi turli shakl va obrazlarni yaratish vositasiga aylanadi. Natijada tomoshabinlar kutilmagan sahna ko‘rinishlari va qiziqarli vizual effektlarga guvoh bo‘ladi.
Videodagi chiqishlar Nippon TV telekanalining «Masquerade» ko‘rsatuvidan olingan.































Izohlar 0
…