Nyu-Yorkning mashhur Yangi yil archasi 322 kilometrlik safarga otlandi

Nyu-Yorkning mashhur Yangi yil archasi 322 kilometrlik safarga otlandi

AQSHda har yili Yangi yil bayrami munosabati bilan Rokfeller markaziga o‘rnatiladigan mashhur archa bu yil ham o‘zining uzoq safarini boshladi. 5 noyabr kuni 75 yoshli, balandligi 23 metr va og‘irligi qariyb 11 tonna bo‘lgan ulkan daraxt kesilib, maxsus yuk mashinasiga ortildi.

Archa Nyu-York shahridagi Rokfeller markaziga olib borilmoqda. Uning manzilga 7 noyabr kuni yetib borishi rejalashtirilgan. Daraxtni tashish uchun maxsus transport vositasi va tegishli tayyorgarlik talab etiladi. Chunki uning katta hajmi va og‘irligi yo‘l davomida alohida ehtiyot choralarini ko‘rishni taqozo etadi.

Rokfeller markaziga o‘rnatilgach, archa bayramona bezatiladi. Uning shoxlariga 50 mingdan ortiq rangli chiroqlar o‘rnatilib, tepasiga esa mashhur Swarovski yulduzi joylashtiriladi.

2 dekabr kuni esa an’anaviy tantanali marosim bo‘lib o‘tadi va archadagi chiroqlar ilk bor yoqiladi. Ushbu tadbir har yili Nyu-Yorkdagi eng kutiladigan bayram an’analaridan biri hisoblanadi. Rokfeller markazidagi ulkan archa minglab mahalliy aholi va sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar