“Janob Bin” muxlislari xursand: aktyor yana josuslikka qaytadi!

"English”ning to‘rtinchi qismida yana bosh qahramon obrazini gavdalantirishi kutilmoqda. Shu tariqa muxlislar sevimli izquvarning yangi sarguzashtlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Screen Daily nashrining xabar berishicha, filmni suratga olish ishlari Buyuk Britaniya va Maltada tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yangi loyiha ustida avvalgi uchta filmni ham suratga olgan Working Title Films kompaniyasi ish olib boradi.
Jeyms Bond haqidagi filmlarga yumoristik parodiya sifatida yaratilgan “Johnny English” turkumi tomoshabinlar orasida katta mashhurlikka erishgan. Uning ilk qismi 2003 yilda ekranlarga chiqqan. Keyinchalik 2011 yilda “Johnny English Reborn”, 2018 yilda esa “Johnny English Strikes Again” filmlari namoyish etilgan.
Hozircha to‘rtinchi filmning syujeti, unda ishtirok etadigan boshqa aktyorlar va premera sanasi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq Rouen Atkinsonning yana bir bor omadsiz, ammo o‘ziga xos izquvar obraziga qaytishi haqidagi xabar muxlislarda qiziqish uyg‘otmoqda.
Sizga aktyorning qaysi obrazi ko‘proq yoqadi: Janob Binmi yoki Johnny English?































Izohlar 0
…