Time jurnali SpaceX asoschisi Ilon Maskning AQSh prezidenti stoli ortida oʻtirgan tasvirini oʻz muqovasiga joylashtirdi.
"Ilon Maskning Vashington bilan urushi ichida" sarlavhali maqolada Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) va uning AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan ziddiyati yoritilgan.
Time nashrining yozishicha, DOGE allaqachon Raqamli xizmatni egallab, federal kadrlar departamentida oʻz ta'sir doirasini shakllantirgan. Mask esa hech qanday qarshilikka toqat qilmasligini koʻrsatmoqda.
Jurnalning qayd etishicha, Mask oʻz harakatlari uchun faqat Donald Tramp oldida javobgar va unga "hukumatni oʻz kun tartibiga moslashtirish uchun keng vakolatlar" berilgan.
Maskning faoliyati Demokratik partiya vakillarining jiddiy qarshiligiga sabab boʻldi. Time nashriga koʻra, bu mojaro hukumatning kelajagini va undagi kuchlar muvozanatini belgilab berishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil noyabrida Donald Tramp Ilon Maskni DOGE rahbari etib tayinlagan edi. Oʻshanda Tramp DOGE har yili 6,5 milliard dollarlik davlat mablagʻlarining isrof va firibgarlik holatlarini bartaraf etishi haqida bayonot bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar