23:45 / 08.02.2025
164

Alyaskada yoʻqolgan samolyot bortida boʻlganlarning barchasi halok boʻldi

Alyaskada yoʻqolgan samolyot bortida boʻlganlarning barchasi halok boʻldi
Halokatga uchragan Bering Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot parchalari
Foto: AP

Alyaskada yoʻqolgan Bering Air aviakompaniyasining samolyoti Nom shahriga ketayotib radarlardan gʻoyib boʻlgani haqida xabar berilgan edi. AP nashri havo kemasi halokatga uchragani hamda qutqaruvchilar uning boʻlaklarini topishgani haqida ma'lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

Samolyot bortida boʻlgan oʻn kishining barchasi halok boʻldi, deb yozadi nashr rasmiylarga tayanib.
Qirgʻoq qoʻriqlash xizmati leytenanti Benjamin Makintayr-Koblnign aniqlik kiritishicha, radiolokatsion kriminalistik ekspertiza ma'lumotlariga koʻra, samolyot bilan “balandlik va tezlikni tezda yoʻqotishga olib kelgan qandaydir hodisa yuz bergan”. Samolyotdan falokat signali kelmagan.

Bering Air samolyoti / arxiv
Foto: AP

Agentlikning aniqlik kiritishicha, samolyot yoʻlovchilarni odatiy ish joylariga tashish xizmatini amalga oshirgan, barcha yoʻlovchilar kattalar boʻlgan. Hududning kengligi va cheklangan infratuzilma tufayli aviatsiya Alyaskada transportning asosiy turi hisoblanadi. Mazkur hodisa shtatdagi soʻnggi 25 yildagi eng koʻp oʻlimga sabab boʻlgan aviahalokat boʻldi.

6 fevral kuni Qutb doirasidan janubda, Alyaskadagi Norton Saund koʻrfazi ustidan uchib oʻtayotgan, bortida oʻn kishi boʻlgan Bering Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot radarlardan gʻoyib boʻlgan edi. Unalaklitdan Nomga yoʻl olgan havo kemasi bortida toʻqqiz nafar yoʻlovchi va uchuvchi boʻlgan.

Bu AQShda soʻnggi kunlarda sodir boʻlgan uchinchi yirik aviahalokat hisoblanadi. Joriy yilning 29 yanvar kuni mamlakat poytaxti yaqinida yoʻlovchi samolyoti va harbiy vertolyot havoda toʻqnashishi oqibatida 67 kishi halok boʻldi. Ikki kundan soʻng, 31 yanvar kuni Filadelfiyada tibbiy transport samolyoti halokatga uchradi, oqibatda bortdagi olti kishi va erdagi bir kishi halok boʻldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo