06:46 / 14.02.2025
486

Britaniya imomlari sionistlar bilan yarashib olishdi

Britaniya imomlari sionistlar bilan yarashib olishdi
Isroilning Falastinga qarshi urushi davom etayotgan bir paytda, Britaniyadagi bir nechta musulmon imomlari taniqli sionistlar bilan yarashuv shartnomasini imzoladi.

Ushbu kelishuvni imzolaganlar orasida Lidslik imom Qori Osim, sobiq harbiy ruhoniy Imom Osim va Shotlandiya Ahlu-Bayt jamiyati vakili doktor Said Razaviy bor. Shuningdek, Isroilning harakatlarini ochiq qoʻllab-quvvatlab kelgan Buyuk Britaniya bosh ravvini Efraim Mirvis ham kelishuvga imzo chekdi.

"Musulmon-yahudiy yarashuv bitimi" deb nomlangan ushbu hujjat imomlar va yahudiy jamoasi vakillari tomonidan imzolanib, Bukingem saroyida qirol Charlzga taqdim etildi. Tomonlar muloqot va dinlararo hamkorlikni kuchaytirishga sodiqligini bildirishdi.

Falastinliklarga qarshi hujumlar davom etayotgan bir vaziyatda musulmon jamoasi rahbarlari oʻz qadriyatlariga sodiq qolib, zulmga qarshi qat'iy pozitsiyani saqlab qolishi muhim. Dinlararo muloqot muhim boʻlsa-da, bu zulmni qonuniylashtirish yoki uni oqlash yoʻlida boʻlmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo