21:19 / 16.02.2025
335

Hindistonda vokzaldagi tiqilinchda 18 kishi halok boʻldi (video)

Hindistonda vokzaldagi tiqilinchda 18 kishi halok boʻldi (video)
Foto: NDTV
Hindistonning Nyu Dehli shahridagi temiryoʻl vokzalida sodir boʻlgan tiqilinchda kamida 18 kishi, jumladan, 11 ayol va besh bola halok boʻldi. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib Daryo xabar berdi.

14-raqamli temiryoʻl platformasida Prayagraj Express poyezdining joʻnashini koʻp sonli odamlar kutib turgan. Ular 15 fevral kuni Maha Kumbha diniy festivaliga borish uchun poyezdlarga chiqishga shoshilgan. Shu paytda 12, 13 va 14-sonli platformalarda yoʻlovchilari boʻlgan yana ikkita poyezd ham ushlab turilgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirgan.

Foto Reuters
Qurbonlarning eng kichigi etti yoshda, eng kattasi esa 79 yoshda boʻlgan. Jarohatlanganlarning oʻndan ortigʻi shifoxonada davolanmoqda.

Yanvar oyida aynan Maha Kumbhu diniy festivalidagi tiqilinch sabab 40 kishi halok boʻlgandi. Dunyodagi eng yirik festivalda 400 million kishi ishtirok etishi kutilgandi. Tiqilinch oqibatida 60 kishi jarohatlangan. Festivalning asosiy marosimi — suvda choʻmilish boʻlib, bu nafaqat tanani, balki ruhni ham gunohlardan poklaydi, deb ishoniladi.

Ziyoratchilar Gang daryosiga kirishda navbatlarini kutib oʻtirgan, toʻsatdan tartibsizlik va tirbandlik yuzaga kelgan. Olomon daryo qirgʻogʻiga qarab yoʻl olgan, odamlar yiqila boshlagan. Falokatga qaramay, festival davom etgan. Har 12 yilda bir marta oʻtkaziladigan bu tadbir 45 kun davom etadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo