
Foto: AP
Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh Merilend shtatidagi Konservativ siyosiy harakatlar konferentsiyasida (CPAC) Ilon Maskka oltin bilan qoplangan zanjirli arra sovgʻa qildi. Mask buni «byurokratiya uchun arra» deb atadi.
Zanjirli arra tigʻiga «Viva la libertad, carajo» shiori oʻyib yozilgan boʻlib, bu soʻzma-soʻz «Yashasin ozodlik, la'nati!» degan ma'noni anglatadi. Argentina prezidenti bu iborani 2021 yilgi parlament saylovlari va 2023 yilgi prezidentlik saylovida shior sifatida ishlatgan.
Argentina prezidentining idorasida aytilishicha, zanjirli arra Mileyning kabinetida osilgan arraning aynan nusxasi. Uning oʻzi saylovoldi tashviqoti paytida mitinglarga zanjirli arra olib borib, hukumat apparatiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirmoqchi ekanini namoyish etdi.
Hozir Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) «hukumat byurokratiyasini demontaj qilish» bilan shugʻullanmoqda. Aslida, bu turli federal agentliklar uchun moliyalashtirish va xodimlarni qisqartirishni anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar