Samsung Galaxy Tab S12 seriyali yangi flagman planshetlari taqdim etildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Samsung kompaniyasi Galaxy Tab S12+ va Galaxy Tab S12 Ultra nomli yangi flagman planshetlarini taqdim etdi, ular 2026-yil 7-oktabrdan sotuvga chiqadi.
- Ikkala model ham MediaTek Dimensity 9500 protsessori, 120 Gts yangilanish chastotasiga ega Dynamic AMOLED 2X displey va S Pen stilusi bilan jihozlangan.
WinFuture nashri va taniqli insayder Roland Quandt maʼlumotiga koʻra, Samsung kompaniyasi oʻzining yangi avlod flagman planshetlari — Galaxy Tab S12+ hamda Galaxy Tab S12 Ultra modellarining batafsil texnik tavsiflarini oshkor qildi. 2026-yilda Janubiy Koreya giganti oʻz turkumida Plus versiyasini qaytarish bilan birga, bazaviy Galaxy Tab S12 modelidan voz kechishga qaror qildi. Natijada yangi oila faqatgina ikkita ilgʻor qurilmadan iborat boʻladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangiy qurilmalarning ekran imkoniyatlari ham sezilarli darajada yaxshilangan. Xususan, Galaxy Tab S12+ modeli 2800 × 1752 pikselli va 120 Hz gacha yanglanish chastotasiga ega 12,6 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displey bilan jihozlanadi. Kattaroq versiya hisoblangan Galaxy Tab S12 Ultra esa 2960 × 1848 pikselli, shuningdek, 120 Hz chastotali ulkan 14,6 dyuymli ekranga ega boʻladi. Har ikkala planshet jamlanmasiga brendning mashhur S Pen стиlusi kiritilishi taʼkidlangan.
Unumdorlik va xotira imkoniyatlari
Planshetlarning apparat platformasi bir xil boʻlib, ular MediaTek Dimensity 9500 protsessorida ishlaydi. Ikkala model ham 12 GB tezkor va 256 yoki 512 GB ichki xotira variantlarida taklif qilinadi. Eng ilgʻor Galaxy Tab S12 Ultra versiyasi esa 16 GB operativ xotira hamda 1 TB flesh-xotira bilan taʼminlanadi. Quvonarlisi, Samsung microSD karta uyasini saqlab qolgan va foydalanuvchilar hajmi 2 TB gacha boʻlgan xotira kartalaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.Optik imkoniyatlarga kelsak, asosiy kameralar deyarli oʻzgarmagan. Qurilmalarning har biri 13 megapikselli asosiy sensorga ega boʻlib, Ultra versiyasiga qoʻshimcha ravishda 8 megapikselli keng burchakli modul ham oʻrnatiladi. Old kamera vazifasini esa har ikki modelda ham 12 megapikselli obyektiv bajaradi.
Avtonomlik va himoya
Batareya hajmi boʻyicha Galaxy Tab S12+ oʻtmishidagiga qaraganda biroz kattaroq — 10 600 mA·ch quvvatli akkumulyatorga ega boʻladi. Tab S12 Ultra esa yanada kattaroq, 11 600 mA·ch sigʻimli batareya bilan taʼminlanadi. Ikkala planshet ham 45 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Ogʻirligi jihatidan Galaxy Tab S12+ 555 grammni tashkil etsa, Galaxy Tab S12 Ultra ogʻirligi 693 grammga teng.Alyuminiy korpusga ega boʻlgan ushbu qurilmalar IP68 standarti boʻyicha suv va changdan himoyalangan. Kichikroq model ikkita stereodinamik bilan jihozlansa, Ultra versiyasi toʻrtta dinamikka ega boʻladi. Xaridorlar qurilmalarni Wi-Fi va 5G modullari bilan tanlashlari mumkin, bunda 5G qoʻllab-quvvatlaydigan modem uchun qoʻshimcha 200 yevro toʻlash talab etiladi.






























Izohlar 0
…