
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan Oq uyda uchrashdi. Ukraina OAV xabar qilishicha, Oval kabinetdagi matbuot anjumani tarang vaziyatda yakunlangan.
Ukraina rahbari Kiyev o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor emasligi va Vashingtondan xavfsizlik kafolatiga muhtoj ekanini aytganidan keyin vaziyat taranglashgan.
Bunga javoban Tramp Zelenskiyga AQSHga yetarlicha “hurmat ko‘rsatmayotganini” va “Amerika o‘zini qanday tutishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga haqqi yo‘qligini” aytgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev tinchlik o‘rnatish chog‘ida “murosalarga” borishi kerak, agar Ukraina hukumati kelishuvdan bosh tortsa, Qo‘shma Shtatlar unda ishtirok etmaydi.
“Siz bizga men buni xohlayman, shuni xohlayman, deb ayta olmaysiz. Bizsiz qo‘lingizda kartalar yo‘q, bizdan minnatdor bo‘lishingiz kerak. Biz sizga 350 milliard dollar berdik, siz hozir qiyin ahvoldasiz. Men urushni to‘xtatmoqchi emasman, deya olmaysiz. Yo biz bu bitimni tuzamiz yoki siz undan chiqib ketasiz. Siz minnatdorlik ko‘rsatmayapsiz”, dedi Tramp.
“Men bu yerga karta o‘ynash uchun kelganim yo‘q”, deb javob berdi Zelenskiy va Makron hamda Merkel ishtirokida Putin bilan shartnoma imzolaganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Tramp minerallar bo‘yicha kelishuv bugun imzolanishini aytdi. Oq uy rahbariga “Agar o‘t ochishni to‘xtatish ro‘y bermasa, Ukrainaga qo‘shimcha qurol jo‘natasizmi?” deb berilgan savolga u ijobiy javob berdi.
“Ha, biz ko‘proq qurol yuboramiz. Ammo biz ko‘p qurol jo‘natishni kutmayapmiz, urushni tezda tugatib, boshqa ishlar bilan shug‘ullanishimiz uchun umid qilamiz”, dedi Tramp.
Uchrashuv Tramp Zelenskiyni “Uchinchi jahon urushini boshlash bilan o‘ynashayotganlikda” ayblashi va “Bu televideniye uchun ajoyib shou bo‘ladi” degan so‘zlari bilan yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar