12:35 / 01.03.2025
99

Zelenskiy: Biz tinchlikni xohlaymiz, lekin xavfsizlik kafolati kerak!

Zelenskiy: Biz tinchlikni xohlaymiz, lekin xavfsizlik kafolati kerak!
Foto: REUTERS
28 fevral, juma kuni kechqurun Oq uy rahbari Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan ko‘p o‘tmay, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerikaning Fox News telekanaliga intervyu berdi. Jurnalist bilan suhbat chog‘ida u Qo‘shma Shtatlar bilan sheriklik munosabatlarini saqlab qolishni istashini va tabiiy resurslar bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini, biroq bu Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi kerakligiga ishonchi komil ekanligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy: «Biz jang qilishni xohlab turganimiz yo‘q»

«Urush tugashini ukrainaliklardan ko‘proq hech kim xohlamayapti», dedi Zelenskiy. Biroq, deya davom etdi u, Ukraina xalqi adolatli va mustahkam tinchlikni istaydi, bu esa Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik kafolatlarisiz mumkin emas. U bo‘lmasa ukrainaliklar «Putin ertaga qaytib keladi» deb qo‘rqishadi, chunki Rossiya prezidenti kelishuvlarni bir necha marta buzgan, deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Zelenskiy Tramp bilan mojarosi «har ikki tomon uchun ham yomon» ekanini aytdi, biroq u «yomon ish qilgan» deb o‘ylamayapti va kechirim so‘rashi kerak emas. Muzokaralarni davom ettirish uchun hozir Oq uyga qaytishga tayyormi, degan savolga Ukraina prezidenti: «Yo‘q», deb javob berdi.

Studiyadagi muloqot chog‘ida Donald Trampning Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy haqida aytgan: «U jang qilishda, kurashishda davom etishni xohlaydi» degan bayonoti aks etgan video namoyish etildi.

«Biz jang qilishni xohlab turganimiz yo‘q», — deya izoh berdi Ukraina prezidenti videoga. «Men o‘z fuqarolarimizni, askarlarimizni hurmat qilaman. Shuning uchun Ukraina qachon va qanday kafolatlar olishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmasam, qaytib kelolmayman».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo