07:04 / 02.03.2025
1 218

Londonda Starmer va Zelenskiy muzokaralari yakunlandi

Londonda Starmer va Zelenskiy muzokaralari yakunlandi
Foto: Reuters
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar Ukraina bo‘yicha sammit oldidan bo‘lib o‘tdi.

Zelenskiy 1 mart kuni Dauning-strit, 10 da joylashgan bosh vazir qarorgohiga tashrif buyurdi. Muzokaralar bir soat davom etdi. Uchrashuvdan so‘ng, Ukraina rahbari binodan chiqib ketdi, Starmer esa uni avtomashinasigacha kuzatib qo‘ydi.

Starmer: «Zelenskiy Britaniyaning to‘liq qo‘lloviga ega»

Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukraina rahbarini qabul qilib, uning mamlakat bo‘ylab keng qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

«Eshitib turganingizdek, tashqaridan kelayotgan ovozlar bu yerdagi va butun Britaniyadagi qo‘llab-quvvatlovning tasdig‘i. Biz siz bilanmiz va Ukraina bilan birga qolamiz», — dedi u.

Starmer Britaniya Ukrainaga bo‘lgan yordamining qat’iyligini qayd etib, bu qo‘llab-quvvatlov uzoq muddatga davom etishini va Yevropada barqaror tinchlik o‘rnatish uchun Kiyevning suvereniteti va xavfsizligiga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.

Zelenskiy: «Sizdan qo‘llov kutamiz»

Ukraina prezidenti Zelenskiy Britaniya va uning fuqarolariga muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u tashrifi davomida Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashish niyatida ekanini ma’lum qildi.

«Biz sizdan qo‘llab-quvvatlashni kutamiz», — dedi Zelenskiy.

Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Buyuk Britaniya Kiyevning madofaa ehtiyojlari uchun 2,6 mlrd funt-sterling miqdorida qarz kelishuvini imzolagan.

Zelenskiy AQSHda Tramp bilan bahslashganidan so‘ng Londonga keldi

Avvalroq, Ukraina va AQSH prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy o‘rtasida Oq uyda keskin tortishuv yuz bergan edi. Bu ortidan ularning qo‘shma matbuot anjumani bekor qilindi, Zelenskiy esa Vashingtonni tark etdi.

Tramp Zelenskiyning pozitsiyasini tanqid qildi, ukrain rahbari esa Kiyevga yordam berilishini kutganini bildirdi. Taraflar Ukrainadagi nodir yer osti metallari bo‘yicha kelishuvga erisholmadi.

Tramp uchrashuvdan so‘ng Truth Social sahifasida Zelenskiyning «hali tinchlikka tayyor emasligi» haqida yozdi.

Fox News ga bergan intervyusida Zelenskiy Trampdan uzr so‘ramasligi va buning uchun sabab yo‘qligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Londonda Ukraina bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo