Antaliyada sher hujumidan omon qolgan erkak Istanbuldagi voqeadan so‘ng o‘sha dahshatli kunlarni esladi (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish21
Antaliyada sher hujumidan omon qolgan erkak Istanbuldagi voqeadan so‘ng o‘sha dahshatli kunlarni esladi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Istanbulning Sariyer tumanida sher ko‘ringani haqidagi xabarlar 2025 yil 6 iyulda Antaliyaning Manavgat tumanida «Zeus» nomli sher hujumiga uchragan Sulaymon Kirning xotiralarini yangiladi.
  • O‘sha mudhish voqeada qulog‘i, yuzi va tanasidan jarohat olgan erkak yirtqich hayvonni emas, balki uning qochib ketishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarni aybdor deb biladi.

Istanbulning Sariyer tumanida sher ko‘ringani haqidagi xabar Antaliyada yirtqich hayvon hujumiga uchragan Sulaymon Kirning boshidan kechirganlarini yana yodga soldi. 2025 yil iyul oyida hayvonot bog‘idan qochgan sher unga hujum qilgan, erkak esa jon saqlash uchun yirtqich bilan olishishga majbur bo‘lgan edi.

Voqea 2025 yil 6 iyul kuni Manavgat tumanida sodir bo‘lgan. «Zeus» nomli sher xususiy hayvonot bog‘idagi qafasidan qochib, yaqin atrofdagi yerfıstığı dalasida rafiqasi bilan dam olayotgan Sulaymon Kirga tashlangan. Erkak sher bilan olishib, uning bo‘ynidan ushlagan. Hujum oqibatida uning qulog‘i, yuzi, tanasi va oyoqlari turli darajada jarohatlangan. U shifoxonaga yotqizilib, bir necha kun davolangan. Keyinchalik sher esa otib o‘ldirilgan.

Shunga qaramay, Sulaymon Kir yirtqich hayvonga nisbatan nafrat saqlamagan. U o‘sha voqeadan keyin bergan intervyusida: «Men sherni kechiraman. Lekin yomon niyatli odamlarni kechirmayman. Aslida, sherning aybi yo‘q», — degan edi. Erkakning fikricha, hodisa uchun hayvon emas, uning qochib ketishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullar javob berishi kerak.

Istanbuldagi so‘nggi xabarlar ham Kirning e’tiboridan chetda qolmadi. U Sariyer tumanida sher ko‘ringani haqidagi xabar ortidan fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda darhol xavfsizlik xodimlariga xabar berish lozim.

Ma’lumot uchun, Istanbulning Sariyer tumanidagi Uskumruköy mahallasida 22 noyabr kuni sher ko‘ringani haqida xabar kelib tushgan. Qidiruv ishlariga jandarmiya, favqulodda xizmatlar va veterinariya mutaxassislari jalb etilgan. Biroq 23 noyabr kuni Istanbul gubernatorligi yangi videoyozuvlar o‘rganilgach, tasvirlardagi hayvon sher yoki boshqa yirik mushuksimonlar turiga mansub emasligi taxmin qilinganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?