Rossiyaning Oltoy o‘lkasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb etmoqchi

1 daqiqa o'qish28.4K
Rossiyaning Oltoy o‘lkasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb etmoqchi
O‘zbekistonliklarni Rossiyaning Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etishga alohida e’tibor qaratiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Oltoy o‘lkasi hukumati rahbariyati va salohiyatli ish beruvchilar bilan onlayn muzokara o‘tkazildi.

Oltoy o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari, Rossiyaning ushbu mintaqa bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish vaziri Yevgeniy Deshevixning aytishicha, 2024 yil oxirida Oltoy o‘lkasida ishlash uchun taklif qilingan 11 ming xorijiy ishchining olti mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolaridir.

O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov o‘z navbatida, vatandoshlarni mazkur hudud korxonalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida ish bilan ta’minlash masalasi muhimligini ta’kidladi.

“Oltoy o‘lkasi mehnat va bandlik boshqarmasi vakillari mamlakatimizdan mehnat migrantlarini qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo va boshqa sohalarga jalb etishga imkoniyatlar borligini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2024 yilda berilgan mehnat patentlarining uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Tomonlar O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi bosqichida mamlakatimiz fuqarolarini Rossiyaning ushbu hududidagi turli korxonalarga ishga jalb etishga alohida e’tibor qaratishga kelishib olishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?